Markazning Andijon viloyat filiali direktori J.Kuvatov tantanali kuzatildi

07.02.2025 655

Markazning Andijon viloyat filiali direktori J.Kuvatov tantanali kuzatildi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Andijon viloyat filiali direktori Jurʼatbek Kuvatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan bugun tantanali kuzatish marosim boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan markaz direktori oʻrinbosari Shoyadbek Vasiyev, Jurʼatbek Kuvatovning ushbu sohadagi samarali faoliyati, soha rivojiga qoʻshgan hissasi va yuksak masʼuliyat bilan bajargan mehnatini eʼtirof etdi.

Uning rahbarligida Andijon viloyat filiali farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini taʼminlash yoʻnalishida muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirganligi taʼkidlandi.

Markaz jamoasi nomidan J.Kuvatovning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.